Toshkentda 23—24-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida tashkilotga Hindiston va Pokistonning qo‘shilish jarayoni boshlanadi. Bu haqda ma’lum qilgan Xitoyning “Jenmin jibao” nashriga ko‘ra, “tashkilot shu tariqa o‘z tarkibini kengaytirish uchun muhim qadam tashlaydi”, deya xabar beradi UzDaily.
ShHTning to‘laqonli a’zosi maqomini olish uchun talabgor davlat 30 dan ortiq hujjatni qabul qilishi talab etiladi.
“Ular to‘liq va gap-so‘zsiz qabul qilinishi kerak, jumladan, asosiy hujjat — uzoq muddatli qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik haqidagi shartnomani. Bu ikki mamlakat ham salkam 11 yil davomida kuzatuvchi bo‘lib keldi. Ularning to‘laqonli a’zo bo‘lish haqidagi qarori chuqur o‘ylab ko‘rilgan, aslo urfga berilish emas.
Biz tashkilot bundan yutishiga ishonamiz. Hindiston va Pokiston ham ShHTning to‘laqonli a’zosi bo‘lishdan faqat yutishiga shubha yo‘q”, — deya ta’kidlagan tashkilot bosh kotibi Rashid Alimov.
Izoh (0)