Vashington Suriyaning Aleppo shahridan shimoli-g‘arbdagi hududlarda yarashuvni mustahkamlash bo‘yicha Moskvaga taklif yubordi. U yerda asosan Suriya muxolifati bo‘linmalari joylashgan. Bu haqda, AQSh Davlat departamenti vakili Mark Tonerning bayonotiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Bu munozaralar davom etmoqda. Biz Rossiya tomoniga Aleppodan shimoli-g‘arbda joylashgan aniq tumanlarda yarashuvni mustahkamlashga yo‘naltirilgan taklifni taqdim etdik. Biz Moskvaning mazkur taklifga javob berishini kutayapmiz”, — dedi Toner.
Davlat departamenti rasmiy vakilining ta’kidlashicha, ushbu hududda yarashuv rejimini mustahkamlash Aleppo atrofidagi boshqa hududlarni nazorat qiluvchi “Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhiga qarshi kurashishda yordam beradi.
Izoh (0)