IShID terrorchilik guruhi jangarilari Parij tashqarisida politsiyachining o‘ldirib ketilishi yuzasidan javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, deb yozadi “Gazeta.ru” Amaq yangilik agentligiga tayanib.
Xabarda aytilishicha, IShID jangchisi Myuro kommunasida yo‘l politsiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari va uning xotinini o‘ldirgan.
Nashr eslatishicha, Parij tashqarisida politsiyachini so‘yib tashlagan va uning oilasini garovga olgan erkak IShID terrorchilik guruhiga sodiqlikka qasamyod qilgan edi.
Avvalroq Parij tashqarisida noma’lum shaxs politsiyachini pichoqlab qo‘yib, uning uyiga yashiringan va uydagilarni garovga olgan edi. Fransiya maxsus topshiriqli harbiy bo‘linmasi politsiyachini o‘ldirgan erkak odamlarni garovda saqlab turgan uyga shiddatli hujum uyushtirdi va uni yo‘q qildi. Garovdagilar — politsiyachining rafiqasi qurbon bo‘ldi, 3 yoshli farzandi esa omon qoldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)