Nyu-Yorkda Apple xodimlari formasiga o‘xshash havorang ko‘ylak kiyib olgan erkak do‘kondan qariyb 20 ta smartfonni o‘g‘irlab ketdi, deb yozadi “Interfaks”.
Noma’lum shaxs ta’mirlash uchun mo‘ljallangan texnikalar bo‘lgan yordamchi xonaga bemalol kirib, quti ichidan bir nechta smartfon oldi. U ularni o‘z sherigiga berdi, aynan u 19 ta iPhone’ni do‘kondan chiqarib ketdi.
Ta’kidlanishicha, smartfonlarni o‘g‘irlashning bunday usuli ikkinchi marta qo‘llanilmoqda.
Ta’mir uchun mo‘ljallangan xonadagi qurilmalardan elektron yorliqlar olib qo‘yiladi, shu tufayli o‘g‘rilar hech qanday to‘siqsiz do‘kondan chiqa olgan.
Izoh (0)