Singapur davlat xizmatchilari kelgusi yil may oyidan boshlab ish joylarida internetga kirishdan mahrum bo‘ladi. Straits Times nashriga ko‘ra, bunday chora davlat xizmatida xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Axborot texnologiyalarini rivojlantirish agentligida izoh berilishicha, asosiy xavf xizmat ma’lumotlarining elektron pochta orqali chiqib ketishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, davlat xizmatchilariga shaxsiy mobil qurilmalari — telefon va planshetlardan internetga ulanish man etilmaydi. Biroq buning uchun ularda xizmat elektron pochtasi bo‘lmasligi lozim.
Faoliyati tarmoqqa ulanish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xodimlar internetda ishlashi uchun maxsus himoyalangan terminallar o‘rnatilishi bildirilmoqda.
Izoh (0)