Google’ni o‘z ichiga olgan Alphabet kompaniyasi ijrochi direktori Erik Shmidt foydalanuvchilarga kabelli internetdan arzonroqqa tushadigan simsiz tezkor internet texnologiyasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”. Bu haqda Shmidt aksiyadorlarning yillik yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Yangi texnologiyalar signalni soniyasiga 1 gigabitgacha tezlikda uzatishni ta’minlay oladi. Yanada mukammal mikroprotsessorlar va yanada aniq radiosignallar simsiz internetni kabeldan ko‘ra arzonroq qildi, dedi Shmidt.
Yangi texnologiyalarga asoslangan, namoyish uchun mo‘ljallangan tarmoqni Kanzas-Sitida 2017-yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, kompaniyada bir nechta simsiz texnologiyalar sinovdan o‘tkazilmoqda, ular signal qabul qilish uchun foydalanuvchilardan o‘z uylariga alohida qurilmalar o‘rnatishni talab qilishi mumkin.
Izoh (0)