Buyuk Britaniya, AQSh va Rossiya internet tarmog‘i eng barqaror mamlakatlar uchligidan o‘rin oldi. Qrator Labs kompaniyasi tadqiqotlari shundan dalolat bermoqda, deya xabar qiladi “RIA Novosti”.
Kompaniya o‘rganishlari chog‘ida milliy segmentning barqarorligini mamlakat uchun muhim bo‘lgan operatorga bog‘liqlik jihatidan o‘rgandi. Runet asosan “Rostelekom”ga tayanadi, uning faoliyatidagi nosozliklar Rossiya tarmoqlarini 5,5 foizini ishdan chiqargan bo‘lardi. Ikkinchi o‘rinni AQSh egalladi — TATA operatoridagi buzilishlar mahalliy tarmoqlarning 5 foizida muammo tug‘diradi. Buyuk Britaniya milliy segmenti eng barqaror bo‘lib chiqdi: Virgin Media ishida nosozliklar yuzaga kelsa, mahalliy tarmoqlarning atigi 3,4 foizi aloqasiz qoladi.
Qrator Labs bosh direktori Aleksandr Lyaminga ko‘ra, qanchalik ko‘p o‘rtacha ko‘lamdagi operatorlar transchegaraviy o‘tish imkoniga ega bo‘lsa, milliy segment faoliyati shunchalik barqaror bo‘lib boraveradi. Rossiyada 20—30 operator shunday imkoniyatiga ega, shu bois mamlakatda internetni himoyalangan deb hisoblash mumkin.
Izoh (0)