Iyun oyidan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida manzili “Qrim” deb ko‘rsatilgan reklama akkauntlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati o‘chirib qo‘yildi, deb yozadi “Vedomosti” ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga tayanib.
“Biz sizning akkauntingiz uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini o‘chirib qo‘ydik, chunki siz ushbu funksiya qo‘llab-quvvatlanmaydigan hududda joylashgansiz. Agar bu sizga noqulayliklar keltirayotgan bo‘lsa, uzr so‘raymiz”, — deya javob beradi Facebook ko‘mak xizmati qrimliklarning so‘rovlariga.
Nashr ta’kidlashicha, AQSh Qrimda 2014-yil martda o‘tkazilgan yarim orolning maqomi haqidagi mahalliy referendum natijalarini tan olmasligini bildirib keladi.
Izoh (0)