9-iyun, payshanba kuni Nikaragua qirg‘oqlarida 6,1 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Yerosti silkinishlari markazi poytaxt Managuadan 119 kilometr shimoli-g‘arbda, o‘chog‘i esa 105 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)