BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 16-iyun kuni Peterburg xalqaro iqtisodiy forumiga tashrif buyuradi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda 9-iyun, payshanba kuni bosh kotib matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“16-iyun kuni BMT bosh kotibi Rossiyada, Sankt-Peterburgda bo‘ladi va iqtisod hamda biznes muammolariga bag‘ishlangan, Rossiya prezidenti vasiyligida o‘tadigan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etadi. Bosh kotibning Vladimir Putin, shuningdek, forumda qatnashadigan boshqa yuqori darajali rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlari ko‘zda tutilgan”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, yigirmanchi Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi 16—18-iyun kunlari Sankt-Peterburgdagi Shushari posyolkasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)