Qozog‘istonning Aktyubinsk viloyati ichki ishlar departamenti Aqto‘bedagi teraktlarni sodir etishda gumon qilingan 8 nafar shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Aqto‘be shahrida 5 va 6-iyunda o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun Aqto‘be shahrida yashovchi Dmitriy Tanatarov, Aktyubinsk viloyati fuqarolari Arsen Tanatarov, Aydos Jubanov, Alibek Akpanbetov, Aydar Bashimov va Arman Aytugan, shuningdek, Qizilo‘rda viloyatida yashovchi Bakit Kuanishbayev va Oqmola viloyati fuqarosi Nurlan Seilov qidirilmoqda.
Qidiruvdagilarning eng kichigi 25 yoshda, kattasi esa 31 yoshga to‘lish arafasida.
Avvalroq Aqto‘bedagi teraktlar qurbonlari soni 7 kishiga yetgani xabar qilingandi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev topshirig‘iga ko‘ra, qurbonlarning oilalariga 1 million tengedan beriladi.
Izoh (0)