6-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Namangan viloyati tumanlarining chegaralari o‘zgaradi. Namangan shahri, Namangan, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoq tumanlari chegaralari o‘zgaradi.
2. Aqto‘beda terrochilik xavfining “qizil daraja”si e’lon qilindi. Nursulton Nazarboyev shahardagi vaziyatni kuzatib turibdi, shahardagi hujumga aloqadorlarning shaxsi aniqlangan.
3. Qarshida Amir Temur ko‘prigi qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. 700 yillik tarixga ega ko‘prik qadimda Qashqadaryoning ikki qirg‘og‘ini bog‘lagan.
4. “Aviasozlar” bozori ma’muriyati uning yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. “Bozorda hech narsani buzishmayapti, bizda sanitariya kuni o‘tkazilmoqda. Xalq uchun bozorni tozalash kerak-ku”.
5. Xonanda Sardor Rahimxon Telegram’da uning o‘limi haqida xabar tarqatganlarga insof tiladi. “Ramazon oyida birovning ko‘nglini ranjitish gunohi og‘ir”, — dedi Sardor Rahimxon mish-mishlarga javoban.