Qozog‘iston g‘arbidagi Aqto‘be shahri hukumati terrorchilik xavfining eng yuqori — “qizil” darajasini e’lon qildi; aholiga tegishli axborotdan iborat SMS-bildirishnomalar kelmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
5-iyun, yakshanba kuni Aqto‘be shahrining uchta tumanida otishma yuz berdi: noma’lum shaxslar ikkita qurol do‘koni va harbiy qismga hujum qildi. Maxsus operatsiyalar chog‘ida to‘rt jinoyatchi yo‘q qilindi, yana yetti kishi qo‘lga olindi.
Qozog‘iston IIV ma’lumotlariga ko‘ra, terakt natijasida uch nafar fuqaro va uch harbiy halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi.
Ta’kidlanishicha, “qizil” daraja bir nechta holatlarda e’lon qilinadi — sodir bo‘lgan terakt haqida yoki takroriy hujumlar tayyorlanayotgani haqida ma’lumot bo‘lsa. Ayni paytda shaharda rejali aksilterrorchilik operatsiyasi davom etmoqda.