Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Guliston shahridagi sug‘orish va melioratsiya obyektlarining samarali tarzda ishlashini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi, deb yozadi Norma.
Guliston Gidrobog‘lanmalar va “Do‘stlik” kanali boshqarmasiga vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan “Do‘stlik” kanalining rekonstruksiya qilingan qismi (3,345 km)da joylashgan qurilishi tugallangan obyektlarni bepul berish haqida qaror qabul qilindi.
Hujjatda Guliston shahar Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va irrigatsiya boshqarmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 2017—2018-yillarda sotib olinadigan transport vositalari va mexanizmlar ro‘yxati keltirildi.