“Aviasozlar” (sobiq “Kadisheva”) bozori ma’muriyati avvalroq mahalliy OAVlarda bozorning yopilishi haqida paydo bo‘lgan ma’lumotlarni rad etdi, deb yozadi UZ24.
Bozor vakillari aytishicha, 6-iyun kuni bozorda sanitariya kuni e’lon qilingan, shu munosabat bilan u hozircha yopiq. Bozor hududi shahar hokimligi huzuridagi obodonlashtirish xizmatlari yordamida axlatdan tozalanmoqda va tartibga keltirilmoqda.
“Bozorda hech narsani buzishmayapti, bizda sanitariya kuni o‘tkazilmoqda. Xalq uchun bozorni tozalash kerak-ku. Oziq-ovqat rastalari va do‘konlarning barchasi joyida. Biz tozalayapmiz, dezinseksiya qilyapmiz”, — deya vaziyatni izohladi bozor ma’muriyati.
Ta’kidlanishicha, ertaga, 7-iyun kuni ertalabdan yoki hatto, bugun, 6-iyun kuni tushdan so‘ng bozor darvozalari ochilishi mumkin.