7-iyun, seshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab quruq va issiq ob-havo sharoiti saqlanib qoladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Ma’lumot berishlaricha, seshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +14...+19 daraja, Toshkent shahrida +20...+22 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +22...+27 daraja, qolgan hududlarda +20...+25 daraja iliq bo‘ladi.
7-iyun kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +25...+30 daraja, Toshkent shahrida +35...+37 daraja, qolgan hududlarda +40...+42 darajagacha iliq bo‘ladi. Shu kuni mamlakatning hech bir hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Izoh (0)