AQShda davom etayotgan futbol bo‘yicha Amerika Kubogi—2016 da “A” va “B” guruhi ishtirokchilari 1-turni yakunladi.
“A” guruhining ikkinchi bellashuvida Kosta-Rika va Paragvay terma jamoalari 0:0 hisobidagi durang natijaga imzo chekdi. Qayd etish kerak, guruhdagi birinchi bellashuvda mezbon AQSh termasi Kolumbiyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
“A” guruhi 1-tur bellashuvlari
AQSh — Kolumbiya 0:2
Gollar: Kristian Sapata, 8 (0:1). Xames Rodriges, 42-pen (0:2).Kosta-Rika — Paragvay 0:0
Guruhdagi 2-tur o‘yinlari 8-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda AQSh Kosta-Rikaga qarshi saf tortsa, Kolumbiya va Paragvay terma jamoalari o‘zaro hisob-kitob qiladi.“B” guruhini Braziliya terma jamoasi durang bilan boshladi. Ekvadorga qarshi kurash olib borgan Dunga jamoasi raqibi darvozasiga yo‘l topa olmadi va o‘z darvozasi dahlsizligini ham saqlab qoldi — 0:0. Ikkinchi uchrashuvda esa perulik futbolchilar Xose Gerreroning yagona goli evaziga Gaitini taslim qildi — 1:0.
“B” guruhi 1-tur bellashuvlari
Gaiti — Peru 0:1
Gol: Xose Gerrero, 61 (0:1).Braziliya — Ekvador 0:0
Guruhdagi ikkinchi tur bellashuvlari 9-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida Braziliya Gaitini imtixondan o‘tkazsa, Peru hamda Ekvador terma jamoalari o‘zaro raqobatga kiradi.6-iyun tonggida “C” guruhi ishtirokchilari Amerika Kubogidagi ishtirokini boshlaydi. Yamayka Venesuela bilan o‘ynasa, Meksika hamda Urugvay terma jamoalari o‘zaro duch keladi.
“D” guruhi ishtirokchilari 7-iyun tonggida maydonga chiqib keladi. Bu zonada Panama — Boliviya hamda Argentina — Chili o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)