Jahon boks kengashi (WBC) rossiyalik Aleksandr Povetkin doping qabul qilgani haqidagi ishni iyun oyi davomida tekshiradi, deya xabar bermoqda “TASS” tashkilot matbuot xizmatiga tayanib.
“Jahon boks kengashi tashkilotning o‘ta og‘ir vazndagi chempioni Deontey Ualderga o‘z titulini ixtiyoriy ravishda himoya qilish huquqini berdi. WBC maxsus komissiya tuzdi, u iyun oyi davomida Aleksandr Povetkin ishini tekshiradi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, doping sinovida 70 nanogramm meldoniy topilgani uchun rossiyalik bokschining amerikalik Deontey Uaylderga qarshi jangi noma’lum muddatga qoldirilgan edi.
Izoh (0)