Liviyaning Milliy birdamlik hukumatiga bo‘ysunuvchi qo‘shinlari IShID terrorchi guruhining mamlakatdagi tayanchi hisoblanmish Sirt shahrini egalladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hukumat qo‘shinlari komandirlaridan biri polkovnik Muhammad al-Gasriyning Associated Press’ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda askarlar Sirt ko‘chalarida jangarilarga qarshi olishmoqda. U Sirtni halqaga olib, terrorchilarning shahardan qochishiga yo‘l qo‘ymaslik rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Bundan tashqari, zobit shahar harbiy harakatlar zonasi deb e’lon qilinganini eslatib o‘tib, tinch aholi vakillarini harbiylarga yaqinlashmaslikka chaqirdi.
Muammar Kaddafining ona shahri bo‘lmish Sirt o‘tgan yilning yozida IShID nazoratiga o‘tgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)