Bloomberg agentligi tomonidan tuzilgan 200 milliarder ro‘yxatiga Rossiyaning 15 vakili kirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Rossiyaliklar orasida birinchi o‘rinda “Interros” xoldingi egasi, “Norilskiy nikel” bosh direktori Vladimir Potanin qayd etildi. U umumiy ro‘yxatda 14,7 milliard dollar bilan 56-o‘rinni egallagan.
Agentlikka ko‘ra, “Novatek” kompaniyasi egalaridan biri Gennadiy Timchenko eng tezkor sur’atlar bilan mol-mulkini ko‘paytirmoqda: u yil boshidan beri 2 milliard dollar ishlab topgan va aktivlarini 31 foizga oshirgan (jami 8,6 milliard dollar).
Umumiy hisobda 15 nafar rossiyalik milliarder ixtiyorida 156,5 milliard dollar jamlangan.
Izoh (0)