Dog‘istonning Suleyman-Stalskiy tumani Ashaga-Stal qishlog‘ida noma’lum shaxslar kechasi uchastka nozirini o‘z oilasi ko‘z o‘ngida otib tashladi, deb yozadi “TASS”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki noma’lum shaxs tunda politsiyachining uyiga bostirib kirgan va uni oila a’zolari ko‘z oldida otib o‘ldirgan.
Tumanda jinoyatchilarni qidiruv ishlari olib borilmoqda, ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)