Shvetsiya parlamenti NATOga Tezkor javob kuchlari (NRF) harbiylari mamlakat hududiga kiritilishi huquqini beruvchi shartnomani ma’qulladi. Hujjat uchun 291 nafar deputat ovoz berdi, 21 kishi qarshi chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shartnoma Shvetsiya tomonidan NRF kuchlari joylashtiriladigan manziliga yuborilishi chog‘ida quruqlik, suv va havoda xavfsizligini ta’minlash, ta’minot va logistika xizmatlari faoliyati uchun sharoit yaratishni ko‘zda tutadi.
Mamlakat aholisining aksariyati mazkur kelishuvga salbiy munosabat bildirgan. “Sifo” ijtimoiy markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, respondentlarning 56 foizi shartnomaga qarshi chiqqan, 26 foizi esa ma’qullagan.
Izoh (0)