Hindistonning Maxarashtra shtatidagi kimyo zavodida portlash yuz berdi, kamida uch kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohatlandi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” mahalliy OAVlarga tayanib.
Hodisa shtat poytaxti Mumbaydan 50 km masofada joylashgan Dombivali shahridagi kimyo zavodida sodir bo‘ldi. Dastlabki versiyaga ko‘ra, boyler (suv isitadigan qurilma) portlab ketgan, so‘ng yong‘in boshlangan.
ANI agentligi qurbonlar sonini uch kishi, jarohatlanganlarni 20 kishi deb ko‘rsatmoqda. NDTV telekanaliga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, 150 kishi yaralangan.
Izoh (0)