Brent markasidagi neft narxi 2015-yil 4-noyabridan buyon birinchi marta barreliga 50 dollardan oshdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Brent nefti iyul fyucherslarining maksimal narxi barreliga 50,08 dollarga yetdi, bu haqda Londonning ICE Futures Europe birjasi ma’lumotlari guvohlik bermoqda.
WTI markasidagi neft ham 2015-yil noyabridan buyon eng qimmat darajaga yetdi va barreliga 49,88 dollarni tashkil etdi, Nyu-Yorkning NYMEX tovar birjasi ma’lumotlari shundan darak bermoqda.
Neft fyucherslari narxining oshishi 25-may, chorshanba kuni AQSh tomonidan neft xomashyosi zaxiralari sezilarli darajada qisqartirilgani haqida ma’lumotlar chop etilishi bilan bog‘liq.
Izoh (0)