26-may, payshanba kuni rubl barqarorlashishda davom etdi, dollar savdolar ochilishi chog‘ida 18-maydan buyon birinchi marta 65 rubldan pasaydi, yevro yana 73 rubldan pastladi, deb yozadi “RIA Novosti” Moskva birjasi ma’lumotlariga tayanib. Bularning barchasi neft narxi oshishi fonida kuzatilmoqda.
Dollar kursi 10:03 da (Toshkent vaqti bilan 12:03 da) 41 kopeykaga pasayib, 65,1 rublni, yevro kursi esa 40 kopeykaga arzonlashib, 72,7 rublni tashkil etdi.
Dollar kursi savdolar boshlanishida 64,88 rublgacha, yevro esa 72,35 rublgacha tushib ketdi.
Avvalroq Brent markasidagi neft narxi 2015-yil 4-noyabridan buyon birinchi marta barreliga 50 dollardan oshgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)