Ispaniyaning Biskayya provinsiyasi (Basklar mamlakati avtonom hamjamiyati) g‘orlaridan birida qoyaga o‘yilgan tasvirlar aniqlandi. Bu haqda ularni kashf etgan arxeolog Diyego Garate ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Uning aytishicha, gap provinsiyaning Berriatua munitsipaliteti hududida 1934—1935-yillardayoq ispaniyalik olim Xose Migel de Barandiaran tomonidan aniqlangan g‘ordagi bizon, ot, kiyik, echki kabi turli jonivorlarning 70 ta rasmi haqida ketmoqda. Ularning yoshi taxminan 14 ming yil ekanligi bildirilmoqda.
Garate tasvirlar g‘orga kirishdan salkam 300 metr uzoqlikda joylashgani va ularga yo‘l topish murakkab bo‘lgani tufayli endigina kashf etilganiga aniqlik kiritdi.
Izoh (0)