Pokiston ichki ishlar vaziri Choudri Nisor Ali Xon “Tolibon” harakati yetakchisi mulla Axtar Muhammad Mansurning 21-may kuni AQSh harbiy-havo kuchlari aviazarbasi tufayli o‘ldirilganini tasdiqlay olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Pokiston hukumati ilmiy va qonuniy asoslarsiz bu haqda e’lon qilolmaydi”, — deya ta’kidlagan vazir.
Pentagon matbuot kotibi Piter Kukning aniqlik kiritishicha, Axtar Mansur safdoshlari bilan Pokistonning Ahmad-Vali shahridan janubi-g‘arbda avtomobilda harakatlanayotganida bir yo‘la bir necha uchuvchisiz qurilma zarbasi tufayli yo‘q qilingan.
Izoh (0)