Yevroittifoqning Gruziya va Moldova bilan assotsiatsiyasi haqidagi kelishuv shu yil 1-iyulda kuchga kiradi. Bu haqda YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“Mogerini 23-may, dushanba kuni YeI xalqaro ishlar kengashi yig‘ilishida Yevroittifoqning Gruziya va Moldova bilan assotsiatsiyasi haqidagi kelishuv 1-iyuldan kuchga kirishi haqidagi qaror tasdiqlanganini e’lon qildi”, — deyiladi Moldova TIV xabarida.
2014-yili YeI bilan siyosiy assotsiatsiya haqidagi kelishuvni Ukraina, Gruziya va Moldova imzolagandi. Yevroittifoq bilan vizasiz borish-kelish tartibi esa hozircha faqat Moldovaga nisbatan tatbiq etilgan. Gruziya bilan joriy yil yozida shunday tartib kuchga kirishi kutilmoqda.
Izoh (0)