AQSh prezidenti Barak Obama Amerika Vyetnamga qurol-aslahalarni yetkazishga nisbatan qo‘yilgan taqiqni olib tashlaganligini ma’lum qildi. Bu haqda, Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Bu haqda Amerika prezidenti Xanoyda Vyetnam prezidenti Chan Day Kuang bilan qo‘shma matbuot anjumani davomida ma’lum qildi.
2015-yilda AQSh o‘zining dengizdagi xavfsizligini ta’minlash uchun Vyetnamga qurol-yarog‘ yetkazishga nisbatan qo‘yilgan taqiqni qisman olib tashlagan edi.
Izoh (0)