Janubiy Koreya KXDRning Koreya yarim orolida keskinlikni kamaytirish maqsadida harbiy darajada ishchi uchrashuv o‘tkazish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda hukumat vakiliga tayanib, “Ryonxap” xabar berdi, deb yozadi “Kommersant”.
“Agar Shimoliy Koreya haqiqatan ham Janub bilan aloqalarni yaxshilashga erishmoqchi bo‘lsa, unda Pxenyan denuklearizatsiya (yadro qurolidan xoli hudud yaratish) tarafdori ekanligini muayyan qadamlar bilan tasdiqlashi kerak”, — dedi amaldor.
“Shimoliy Koreya yarim orolda harbiy keskinlik kuchayishi yuzasidan javobgarlikni Janub bo‘yniga qo‘ymoqda, ammo uning yadro arsenali tinchlik va barqarorlikka ancha katta xavf soladi”, — deya ta’kidladi hukumat vakili.
Izoh (0)