NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansning Varshavada 8—9-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitida keskin burilishlarni yasovchi qarorlar qabul qilinishini aytdi, deb yozadi “Kommersant”.
“NATOning iyuldagi sammiti keskin o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. NATO xavfsizlik sohasidagi yangi vaziyatga ko‘nikish bo‘yicha hal qiluvchi qarorlarni qabul qiladi”, — dedi u.
“Biz Yevropaning sharqiy qismida NATO ishtirokini mustahkamlashimiz kerak, bu ko‘p millatli ishtirok bo‘ladi. Shu tariqa, biz bitta mamlakatga hujum butun NATOga hujum deb qabul qilinishi haqida yaqqol ishora beramiz”, — deya ta’kidladi bosh kotib.
Izoh (0)