AQSh prezidenti Barak Obama “Tolibon” terrorchilik harakati yetakchisi mulla Axtar Mansur Amerika aviazarbasi natijasida yo‘q qilinganini tasdiqladi, deb yozadi “Kommersant”.
“Biz Amerika va koalitsiya harbiy kuchlariga qarshi fitna va hujumlarni rejalashtirishda, shuningdek, o‘z harakatlarini ‘Al-Qoida’ kabi ekstremistik guruhlar bilan muvofiqlashtirgan holda afg‘on xalqiga qarshi urush olib borishda davom etgan tashkilot yetakchisini yo‘q qildik”, — dedi Obama.
U harakat ishtirokchilarini tinch muzokaralarga chaqirdi.
“Tolibon” harakati yetakchisi Axtar Mansur 21-may kuni kechki payt Pokistonning Afg‘oniston bilan chegarasidagi Belujiston viloyatida AQSh droni zarbasi tufayli o‘ldirildi. Mazkur hujum Qo‘shma Shtatlar prezidenti Barak Obama tomonidan ma’qullangandan so‘ng amalga oshirilgani bildirilgan edi.
Izoh (0)