• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yiliga 488 mln post yoxud Xitoyda internet targ‘iboti qanday ishlaydi?

    17-may kuni empirik metodlarni sotsial tadqiqotlarda qo‘llash bo‘yicha mutaxassis — professor Geri King boshchiligidagi Garvard universiteti olimlari “Xitoy hukumati qanday qilib ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarni bahslarsiz chalg‘itish maqsadida postlar tayyorlaydi” nomli hisobot e’lon qildi. Tadqiqot tafsilotlarini Slon keltirmoqda.

    Foto: Forbes

    Foto: Forbes

    Olimlar 2014-yilda xitoylik anonim bloger Xiaolan tarmoqqa joylashtirgan elektron maktublar arxivini tahlildan o‘tkazdi. Massiv 2300 maktubdan iborat bo‘lib, ular Szyansi provinsiyasi Sxangong viloyati internet targ‘iboti boshqarmasiga “50 sentlik partiya” (internetda rasmiy mafkurani yoqlovchi g‘oya va daraklarni tarqatuvchi internet foydalanuvchilarining norasmiy birlashmasi) tarafdorlari yo‘llagan xatlarni o‘zida jamlaydi.

    Turli baholarga ko‘ra, Xitoy hukumati qaramog‘idagi trollar armiyasi soni 250 mingdan 2 million kishigacha borishi mumkin. King va uning hamkasblari Sxangong viloyati “50 sentlik partiyasi” a’zolarining 43 ming postini tahlil qilib chiqdi. Bu raqamlarni butun Xitoyga qiyoslab, tadqiqotchilar internet targ‘iboti mashinasi yiliga 488 million post qoldirishini hisoblab chiqardi.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Anonim bloger chop etgan arxivda, matndan tashqari, skrinshotlar, Word, Excel va Powerpoint hujjatlari biriktirilgan xatlar mavjud. Arxivning kengligi va batafsilligi bois uning haqqoniyligi shubha ostiga olinmaydi.

    “U qandaydir texnik yo‘l bilan yaratilganining belgilari yo‘q, qo‘lbola usulda yaratish esa ulkan hajmdagi ish bo‘lardi”, — deyiladi hisobotda.

    Arxivda tilga olingan barcha foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar ham tasdiqlangani aytilmoqda. Olimlar trollarning shaxsiy ma’lumotlarini (ism-shariflari, manzillari va telefon raqamlari, ayrim hollarda — fotosuratlari) aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

    Elektron maktublardan, shuningdek, partiya a’zolarining faoliyati hisobotlari hamda ularga yuqoridan topshiriqlar berilganining dalillari o‘rin olgan edi.

    Foto: The Next Web

    Foto: The Next Web

    Guruhning nomi — “50 sentlik partiya” — o‘ziga xos tarixga ega. Mishmishlarga qaraganda, guruh a’zolari har bir post uchun 50 sent pul oladi. Ammo maktublarda trollarning bu xizmatlari uchun haq to‘lanishi borasida biror iz topilmadi. King internetda o‘rganib chiqqan postlarning 99,3 foizi 200 dan ortiq hukumat tashkilotlari tomonidan joylashtirilgan edi. Demak, trollar davlat xizmatchilari, ularning internetdagi faoliyati esa asosiy vazifasiga qo‘shimchadir.

    O‘rganilgan postinglarning yarmidan ko‘prog‘i hukumat saytlarida, qolgani esa ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan. Hatto ularning barini birlashtirib turuvchi umumiy jihat ham aniqlandi: trollar hech qachon bahslarga kirmaydi va boshqa davlatlarni haqorat qilmaydi. Ularning postinglari 80 foiz hollarda ko‘tarinki ruhda, 13 foiz holatda esa asossiz taxmin shaklida bo‘ladi. Masalan, “Xitoy tamadduni gullab-yashnashi va muvaffaqiyatiga hissa qo‘shgan barchaga hurmat izhor etaman! Xalq qahramonlari o‘limsizdir”.

    Foto: iGate

    Foto: iGate

    “Ular hukumatni, uning siyosatini va yetakchilarini tanqiddan, hatto eng qattiq dashnomdan himoya qilishga intilmaydi; ular darhaqiqat bahsli masalalarni chetlab o‘tishga urinadi. Buning o‘rniga postinglarning ko‘pchiligi ko‘tarinki ruhda bo‘ladi yoki umumiy qadriyatlarning ijobiy tomonlaridan bahs yuritadi. Bu, taxminimizcha, foydalanuvchilar diqqatini oxiri yo‘q tanqid, shikoyat va ommaviy harakatlardan chalg‘itishga yo‘naltirilgan muayyan strategiyadir”, — deb xulosa qildi olimlar.

    Ularning fikricha, Xitoy hukumati o‘zi uchun asosiy tahdid sifatida tashqi dushmanni emas, o‘z xalqining noroziligini ko‘radi.

    Foto: “ZN.ua”

    Foto: “ZN.ua”

    King jamoasi Xiaolan arxividan chetga chiqa oldi. Arxiv ma’lumotlari asosida ular algoritm ishlab chiqdi hamda uning yordamida Xitoyning eng yirik ijtimoiy tarmog‘i bo‘lmish Weibo’da trollarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ular soxta akkauntlar orqali o‘zlari ajratib olgan foydalanuvchilar bilan bog‘lanib, “Sening postlaring meni ilhomlantirdi. Sening nuqtai nazaring birovning ko‘rsatmasi bilan shakllanganmi?” qabilidagi savollar bilan murojaat qildi. Algoritm ajratib bergan foydalanuvchilarning 59 foizi hukumatga ishlashini tan oldi.

    21.05.2016, 19:46   Izoh (0)   3948
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Meksika poytaxtida ekologik xavfning birinchi bosqichi e’lon qilindi

    21.05.2016, 17:29

    Buyuk Britaniyadagi oxirgi tamaki fabrikasi yopildi

    21.05.2016, 17:08

    Poroshenko: Donbassni janglar yordamida qaytarishning iloji yo‘q

    21.05.2016, 16:42

    NATO Afg‘onistonda 2016-yildan so‘ng ham missiyasini davom ettirishi ma’lum qilindi

    21.05.2016, 12:10

    Rossiya Kuvaytga Sovet Ittifoqi qarzini to‘liq to‘lab berdi

    21.05.2016, 12:06

    Polsha prezidenti joy nomlarida totalitar tuzum targ‘ibotini man etuvchi qonunni imzoladi

    21.05.2016, 11:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20

    Yaponiyada halok bo‘lgan ayolning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:15

    Turk seriallari yulduzlarining rashkchi turmush o‘rtoqlari tufayli yuzaga kelgan mojarolar

    Kino | 2 avgust, 10:50

    Surxondaryoda hujra tashkil qilib, bolalarni qiynoqqa solib kelgan yigit qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.