EgyptAir aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti radarlardan yo‘qolib qolgan paytda 11,3 ming metr balandlikda bo‘lgan. Bu haqdagi ma’lumot kompaniyaning Twitter’dagi rasmiy sahifasiga joylashtirilgan, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Xabarlardan birida aniqlik kiritilishicha, samolyot Misr havo hududiga kirgandan so‘ng g‘oyib bo‘lgan.
Kompaniya matbuot xizmati vaziyat haqida barcha favqulodda xizmatlar xabardor qilinganligini ta’kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq EgyptAir yo‘lovchi samolyotining radarlardan g‘oyib bo‘lganligini tasdiqlagan edi. 59 nafar yo‘lovchi va o‘n nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan havo kemasi MS804 reysi bilan Parijdan Qohiraga yo‘l olgan edi.
Izoh (0)