Hindiston 18-may, chorshanba kuni jangovar yadro zaryadini eltishga qodir “Pritxvi-2” raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Yaqin masofaga mo‘ljallangan “yer-yer” turkumidagi raketa mamlakat sharqidagi Odisha shtatida joylashgan “Chandipur” sinov poligonidan uchirildi. Dastlab ikki raketa parvozi rejalashtirilgan, biroq birinchisi muvaffaqiyatli uchirilganidan so‘ng ikkinchi raketa bilan texnik muammolar yuzaga keldi.
“Pritxvi-2” 350 kilometrgacha yetib borishi mumkin, ikki suyuqlik dvigateli bilan jihozlangan, 0,5—1 ming kilogrammli jangovar kallak, manyovr qilishga imkon beradigan zamonaviy navigatsiya tizimiga ega. “Pritxvi-2”ning bundan oldingi parvozi shu yil 16-fevralda o‘tkazilgandi.
Izoh (0)