Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakat hududida kelishuv o‘rnatilishi uchun urinishlarni amalga oshirmasa, buning muqobil yo‘llarini qidirish lozimligini bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
U Venada bo‘lib o‘tayotgan Suriyada tinchlik o‘rnatilishi bo‘yicha muzokaralarda shunday bayonot bergan.
“Allaqachon ‘B rejasi’ga o‘tishimiz kerak edi. Muxolifatni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan mazkur muqobil rejaning tanlanishi Bashar tuzumiga bog‘liq. Agar ular xalqaro hamjamiyat tuzgan bitimlarga rioya etmasa, bundan tashqari yana nima qilishimiz zarurligini tushunib olishimiz kerak bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan vazir.
Izoh (0)