Avstraliyalik pensioner uch soat davomida qo‘l ostidagi vositalar, jumladan, mashina o‘t oldirish shamlari va gayka kalitlari yordamida timsohlardan o‘zini himoya qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa ikki erkak dengiz qisqichbaqalarini ovlayotgan qayiqqa timsoh hujum qilganda ro‘y berdi. Buning oqibatida qayiq ag‘darilib, erkaklardan biri cho‘kib ketdi. Uning sherigi qirg‘oqqacha borishga muvaffaq bo‘ldi, ammo u yerda to‘planib turgan timsohlar tufayli quruqlikka chiqolmadi.
72 yoshli qariya boshqa qisqichbaqa ovlovchilar yordamga yetib kelgunga qadar uch soat davomida yirtqichlardan himoyalanib, suvda qolib ketishiga to‘g‘ri keldi. Uning shok holatida kasalxonaga yetkazilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)