Balandligi 70 metr, 362 metr uzunlikdagi, 18 ta palubaga ega, 6,78 ming yo‘lovchi va 2,1 ming ekipaj a’zosiga mo‘ljallangan kemani AQShning Royal Caribbean International kompaniyasi buyurtma qildi. Uning 32 oy davom etgan qurilishi Fransiyaning Sen-Nazer kemasozlik korxonasida amalga oshirildi, qiymati esa 1 milliard dollardan iborat bo‘ldi.
Harmony of the Seas 20 restoran, 23 basseyn, muzda uchish maydoni, kazino, teatr, sport zallari va maydonlari, shuningdek, 50 daraxt, 10 mingdan ziyod o‘simlik mavjud bog‘ga ega.
Kema 22-may kuni ilk yo‘lovchilarini bag‘riga oladi va Sautgemptondan Rotterdamga sayohatga jo‘naydi. 26-may kuni Sherburga qisqa muddatga safar qiladi, 29-mayda esa layner uchun yozgi baza bo‘lib qoladigan Barselonaga yo‘l oladi.
Izoh (0)