Janubiy Xitoydagi Guandun provinsiyasi, Dunguan shahri politsiyasi 28,7 milliard yuan (4,4 milliard dollar) miqdoridagi noqonuniy valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda gumon qilinayotgan yashirin bankchilarning ikki guruhini qamoqqa oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar qarindoshlari tomonidan chet elda ochilgan hisob raqamlaridan foydalanib, valyutaga oid noqonuniy operatsiyalar bilan shug‘ullangan.
130 nafar huquq-tartibot xodimi ishtirok etgan politsiya reydlari davomida Chanpin va Sinsi posyolkalarida 11 kishi qo‘lga olinib, ulardan 15 million yuan (2,3 million dollar) va 504 ming Gonkong dollari (64,9 ming dollar) naqd holda musodara qilindi. Yashirin bankchilarning 6 kishidan iborat ikkinchi guruhi Lyaobu va Dalan posyolkalarida qo‘lga olindi.
Politsiya, shuningdek, 27,1 million yuan (4,2 million dollar) saqlangan jami 210 hisob raqamni muzlatib qo‘ydi.
Izoh (0)