Damashqdan sharqda isyonchi guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuv natijasida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RBK” Inson huquqlariga rioya qilish bo‘yicha Suriya monitoring markaziga tayanib.
Bunda gap muxolifatchi “Yuqori muzokara qo‘mitasi”ga kiradigan “Jaysh al-Islom” guruhi hamda unga qarshi “Fayloh al-Rahmon” va “Fustat armiyasi” guruhlari haqida bormoqda.
To‘qnashuvlar 28-aprelda, “Jaysh al-Islom” isyonchilari o‘zlari kuchli nuqtalarga ega Sharqiy Guta hududida o‘q yomg‘iri ostida qolgach, boshlangan.
Ayni paytda isyonchi guruhlar o‘rtasidagi nizolar boshidan buyon halok bo‘lgan kishilarning umumiy soni 500 kishiga yetgan.
Izoh (0)