O‘tgan hafta Avstriyaning Sotsial-demokratik partiyasi yangi yetakchisi etib saylangan Kristian Kern 17-may, seshanba kuni prezident Xayns Fisher tomonidan respublika kansleri sifatida qasamyod qilishga olib kelindi, deb yozadi “TASS”. Marosim davlat rahbari qarorgohida bo‘lib o‘tdi.
Hukumat tepasiga yangi rahbar kelishi bilan, vazirlar mahkamasi tarkibi ham jiddiy ravishda yangilanishi kutilmoqda.
“Avstriya temir yo‘llari” sobiq rahbari Kern ham partiya, ham davlat lavozimlarida 9-may kuni sotsial-demokratlar uchun muvaffaqiyatsiz kechgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng iste’foga chiqqan Verner Fayman o‘rnini egallaydi.
Izoh (0)