O‘zbekiston Moliya vazirligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sug‘urta qilish bo‘yicha “Madad” agentligi aksiyadorlik jamiyati litsenziyasining amal qilishini vaqtincha to‘xtatdi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, muassasa “Madad” sug‘urta kompaniyasi litsenziyasining amal qilishini to‘xtatish haqida buyruq chiqargan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sug‘urta qilish bo‘yicha “Madad” agentligi aksiyadorlik jamiyatiga 2015-yil 20-oktabrda berilgan litsenziya amal qilishi 2016-yil 13-maydan boshlab o‘n kunga to‘xtatildi.
Izoh (0)