O‘zbekistonning barcha hududlarida 17-may, seshanba kuni yog‘ingarchilik, momaqaldiroq va kuchli shamol kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
17-mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +5...+10 daraja, Toshkent shahrida +15...+17 daraja, qolgan hududlarda esa +18...+20 darajagacha iliq bo‘ladi.
Seshanba kuni kunduzi tog‘li hududlarda +10...+15 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +27 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +28 darajagacha iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati +32 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +33 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
17-may kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutiladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent shahrida shamol tezligi soniyasiga 15—17 metrgacha, qolgan barcha joyda, xususan, tog‘li hududlarda ham soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayadi.
Izoh (0)