Toshkentda 16-may, dushanba kuni tongda kuzatilgan yog‘ingarchilik oqibatida shahar ko‘chalari suv ostida qoldi.
Xususan, Yunusobod tumanidagi Yangishahar ko‘chasining Yangi Yunusobod ko‘chasidan MegaPlanet savdo-ko‘ngilochar markazigacha bo‘lgan ma’lum bir qismida suv sathining ko‘tarilib ketgani sabab, avtomobillar harakati sekinlashdi.
Avtomobillarning suvga to‘lgan yo‘ldagi harakati aks etgan video Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida e’lon qilingan. “Men ertalab shu yo‘ldan ‘suzib o‘tdim’”, — deb yozadi videoxabarga munosabat bildirgan foydalanuvchilardan biri.
Izoh (0)