16-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekistonga uchuvchisiz qurilmalarni olib kirishda istisnoga yo‘l qo‘yiladi. 2015-yil 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz uchish qurilmalari olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanish man etilgandi.
2. Xitoy Orolbo‘yi mintaqasiga ekspertlarni yuboradi. O‘zbekiston hukumati esa u yerda baliqchilikni rivojlantirmoqchi.
3. Telegram’da yuborilgan xabarni 2 kun ichida tahrirlash mumkin bo‘ldi. Xabarni o‘zgartirish uchun uni ajratib, “Tahrirlash” tugmasini bosish kerak. Dahshatli imkoniyat!
4. Xonanda Shohruxxonning to‘yi sanasi ma’lum bo‘ldi. Kelinning kimligini yashirishyapti, lekin bu boradagi taxminlar 99,9 foizga to‘g‘ri chiqsa kerak.
5. Kun mavzusi — yomg‘ir. Kecha yomg‘ir yog‘di, bugun ham yog‘di, ertaga ham yog‘adi; yomg‘ir sabab Toshkent ko‘chalari suvga to‘ldi, tirbandliklar bo‘ldi + “suv yo‘llari” ochildi; bulutlar va chaqmoqlar esa — go‘zal!
Izoh (0)