Qirg‘izistonda muxolifatchi Nurlan Motuyev “Xalq parlamenti” muxolifat harakati forumida “IShID”ni qo‘llab-quvvatlashga da’vat etgani uchun Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan hibsga olindi, deya xabar bermoqda “Interfaks” mahalliy OAVlarga tayanib.
Avvalroq “Xalq parlamenti” jamoatchilik harakatining uch siyosatchisi hukumatni egallashga uringani uchun qo‘lga olingan edi. Ularga nisbatan respublika Jinoyat kodeksining “hukumatni kuch bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rish” va “hukumat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llashga tayyorlanish” moddalari bo‘yicha ayblovlar e’lon qilingan.
Xalq parlamenti 17-may kuni Bishkek markazida norozilik aksiyasini o‘tkazishini e’lon qildi, unda prezident Almazbek Atambayev iste’fosini talab qilishmoqchi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)