IShID terrorchilik guruhi o‘zi egallab olgan hududlarda davlat boshqaruvi tizimini yaratishga muvaffaq bo‘lmadi. Bunday fikrni Iroq va Suriyadagi aksilterrorchilik operatsiyalarida qatnashayotgan AQSh qo‘shinlari guruhining vakili polkovnik Stiv Uorren 13-may, juma kuni aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
U Bag‘dodda turib, teleko‘prik orqali Pentagon matbuot markazida yig‘ilgan jurnalistlar uchun brifing o‘tkazdi.
“IShID ‘xalifaligi’ o‘zining davlat ko‘rinishida mavjud bo‘lish imkoniyatiga tayanadi. Fakt shundaki, ular buni amalga oshira olmaydi”, — dedi Uorren. Uning so‘zlariga ko‘ra, “IShID o‘z davlatini yaratish haqidagi da’volarini hayotga tatbiq qila olmadi”.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)