Bangladeshda kamida 35 kishi, jumladan, ayollar va bolalar chaqmoq urib, halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bir hafta davom etgan jaziramadan so‘ng mamlakatga momaqaldiroqli jala yopirilgan. Tabiiy ofatdan eng ko‘p Pabna shahri aholisi jabr ko‘rdi, bu yerda sakkiz kishi olamdan o‘tgan. Sirajganj va Rajshaxi okruglarida o‘n, Kishorganj va Braxmanbarxiya okruglarida esa sakkiz kishi nobud bo‘lgan. Poytaxt Dakkada yomg‘ir ostida futbol o‘ynayotgan ikki talabani yashin urdi. Yana yetti kishi mamlakatning boshqa qismlarida ofat qurboni bo‘ldi.
Halok bo‘lganlarning aksariyati dalalarda ishlayotgan fermerlar ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)