AQSh maxsus topshiriqli bo‘linmalarining harbiy qismlari 2015-yil oxirida Liviyadagi ikkita bazaga joylashtirilgan. Bu haqda 12-may, payshanba kuni Amerikaning rasmiy vakillariga tayanib, Washington Post xabar berdi, deb yozadi “Vedomosti”.
Gazeta yozishicha, Amerika qo‘shinlarini yuborishdan maqsad mahalliy qurolli kuchlarning IShID terrorchilik guruhi nuqtalariga hujumida yordam berishdan iborat.
Amerika maxsus topshiriqli bo‘linmalarining umumiy soni 25 kishidan ortiq bo‘lmagan ikkita guruhi Misurata va Bengazi shaharlari hududida faoliyat olib boradi. Ular mahalliy qurolli guruhlar orasidan potensial ittifoqdoshlarni qidiradi, shuningdek, ehtimoliy xavflarni tekshirib, razvedka faoliyatini olib boradi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)