Braziliyaning yangi hukumati davlat muassasalarida lavozimidan chetlatilgan mamlakat prezidenti Dilma Russeff portretlari va suratlari saqlab qolinishini yoqlaydi. Bu haqda kuni kecha davlat rahbari fuqarolik devoni boshlig‘i lavozimida ish boshlagan Eliseu Padilya ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Dilma Russeff fotolari mavjud davlat idoralarida hech narsa o‘zgarmaydi. Uning portretlari o‘z joyida qoladi. Bu prezident vazifasini bajaruvchi Temerning qarori, u hukumati vaqtinchalik ekanligini yaxshi anglaydi”, — deya ta’kidlagan Padilya.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Dilma Russeff vaqtincha lavozimidan chetlatilgandan so‘ng vitse-prezident Mishel Temer davlat rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)